Asosiy/ Taomlar/ Norin tayyorlash usuli retsepti sirlari

Norin tayyorlash resepti

Norin shoxona taom bo'lib, o'zbek milliy taomlari orasida tayyorlanishi ancha murakkab bo'lgan taomdir. Asosan yilning sovuq fasllarida tayyorlanadi. Taomni ta'bga qarab mol yoki ot go'shtidan tayyorlash mumkin.
Ushbu taom 8-10 kishilik.

Norin tayyorlash resepti

Kerakli masalliqlar:

1. Go'sht - 1 kg.
2. Tuhum - 2 dona
3. Un - 1,5 kg
4. Yog' - 150 gr.
5. Zira
6. Tuz

Norin tayyorlash resepti
Norin tayyorlash resepti

Tayyorlanishi:

Go'sht suvda 1 soat davomida qaynatiladi. Pishgach, suvidan olib, sovutiladi. So'ng, mayda somoncha (kokil) shaklida to'g'raladi.

Norin tayyorlash resepti
Norin tayyorlash resepti
Un ichiga tuhum chaqib solinib, nomokob suvda o'rtacha qattiq hamir qorib, tindirib qo'yiladi. Tingan hamir o'rtacha yupqalikda yoyilib, to'rtburchak shaklida kosa kengligida kesib chiqiladi.

Norin tayyorlash resepti
Norin tayyorlash resepti
Bu bo'laklar sho'r suvda pishirib olinadi. Pishgan hamirlar suvdan olingach, issiqligida dasturhon ustiga yoyib quritiladi. Bunda hamirlar bir-biriga yopishib qolmasligi uchun issiqligida to'liq yoyishga harakat qiling. Ikki tomoni quritilgan hamirlar laganga bir hil tekislikda oralariga yog' surilib, ustma-ust tahlanadi.

Norin tayyorlash resepti
Norin tayyorlash resepti
Tahlangan hamirdan uzun lentalar kesib olinib, mayda kokil qilib to'g'raladi.

Norin tayyorlash resepti
Norin tayyorlash resepti
To'g'ralgan go'sht va hamir zira bilan aralashtiriladi.

Norin tayyorlash resepti
Taom dasturhonga alohida idishda go'sht qaynagan sho'rvasi bilan tortiladi.

Eslatma: Go'sht oldindan tuzlab, ziralab qo'yilsa yanada mazali bo'ladi.

Yoqimli ishtaxa!

O'xshash maqolalar