Assorti dimlama
Kerakli masalliqlar:
-
-
- 1 kg mol go'shti
- 250 gram qiyma
- 1 kg kartoshka
- 2 dona sabzi
- 2 dona piyoz
- 2 dona tuhum
- karam
- 1 stakan tomat pastasi
- tuz
- murch
- ziravorlar
- ko´katlar
- 1 dl olivkiy yog'
- sarimsoq piyoz
- 1 dona bulg'or qalampiri
-
Qozonga go'shtni kattaroq bo'lakga bo'lib terib olamiz. Ustidan tuz va ziravorlar solamiz. Kartoshkani butunicha archib terib olamiz. Ustidan sabzini parrak qilib solamiz. Tuz va ziravorlar sepamiz.
Kara, bulg´or qalampiri sarimsoq va ko ´katlarni solib ustidan tomat pastasini quyib chiqamiz. Olivkiy yog´ni eng tepasidanquyib chiqamiz. 1 soatga dimlab qo´yamiz.
Qiymani tuz va ziravorlar bilan yahshilab aralashtiramiz va 4 qismga bo´lamiz. Qaynatib olgan tuhumimizni 2 ga bo´lamiz va tuhumni qiymani o´rtasiga solib , kotletlar yasab olamiz. Yasalgan kotletlarni unga belab olamiz va skavarodkaga qizartirib olamiz.
Pishirib olgan kotletlarni 40 min dan keyin qozonga terib yana 20-30 daqiqa dimlaymiz.
Taomimiz tayyor! Judaham mazali va chiroyli ko´rinishdagi taom bo´ladi.