Asosiy/ Sog'lom hayot/ Ozishni uchun parhez mahsulotlar

Ozishni uchun parhez mahsulotlar ro'yxati


Ozish usullari haqida so'z borganida doim xayollarga parhez tushunchasi keladi. Shunisi aniqki, to'g'ri tuzilgan ovqatlanish ratsioni qomatni tartibga keltirishga yordam beradi. Xo'sh parhez mahsulotlari qaysilar? Keling, ular bilan sizni tanishtiramiz!
Selderey- ozish uchun mo'ljallangan vositalar tarkibidan o'rin olgan.

Karam- xomligicha iste'mol qilinganida qomatga umuman muammo tug'dirmaydi. Qolaversa, uning kilokaloiyasi 0 ga teng.

Bodring- 90 foizi suvdan iborat bo'lib, organizmdan ortiqcha suyuqlikni chiqib ketishini ta'minlaydi.

Sabzi - istagancha iste'mol qilsangiz ham aslo semirmaysiz. 100 gr sabzida atigi 25 kilokaloriya mavjud.

Beta- karotin oson singishi uchun sabzili salatga o'simlik yog'i ishlatilgani ma'qul.
Ozishni uchun parhez mahsulotlar ro'yxatiPomidor- kletchatkaga boyligi hisobidan me'da ichaklar faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, qorinni dam bo'lishini oldini oladi.

Qizil lavlagi- yog' moddalarini parchalanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ayniqsa, qaynatilgan lavlagi ezg'ilangan sarimsoq va o'simlik yog'iga qo'shib iste'mol qilish juda foydali.

Ozishni uchun parhez mahsulotlar ro'yxatiSholg'om- qonda qand miqdorini normallashtiradi.

Qovoq- T vitamini moddalar almashinuvini tezlashtiradi.

Rediska- me'da faoliyati uchun foydali bo'lib, ichaklarni tozalaydi.

Bulg'orqalampiri- tarkibida qon aylanishini yaxshilovchi moddalar bor. Shuningdek, bu sabzavot ochlik hissini bartaraf etadi.
Ozishni uchun parhez mahsulotlar ro'yxatiSalat bargi- juda ochqasangiz, salat bargi qo'shilgan salat yeb oling. Mazkur ko'kat qorinni uzoq vaqt to'q tutadi.

Sarimsoq- xomligicha iste'mol qilinsagina qomatga foydasi bo'lishi mumkin. Qaynatib, dimlab pishirilganida o'z ta'sir kuchini yo'qotadi.
Ozishni uchun parhez mahsulotlar ro'yxatiEndi mevalarga o'tamiz:
Greyfrut- ozishni maqsad qilganlar orasida eng mashhur meva. U ishtahani oson aldaydi.

Olma- zararli holesterin miqdorini kamaytiradi, hazm a'zolari ishini osonlashtiradi.

Olxo'ri,qovun, kivi- bu uchlik organizmni tozalash hususiyatiga ega. Oz miqdorda yeyilsa ham to'yimli sanaladi.

Limon- oshqozon kislotalilik muhitini oshiradi, hazm a'zolari ishini tezlashtiradi. Bundan tashqari qomatni ixchamlashtirishda tarvuz, malina, laym mevalari ham foydali sanaladi.
Ozishni uchun parhez mahsulotlar ro'yxatiSariyog', margarin, smetana, qaymoq, yog'li pishloq, mayonez, 5%li tvorog, dudlangan, marinadlangan va konserva mahsulotlari, shakar, yeryong'oq, kungaboqar pistasi, murabbo konfet, shokolad, pirojniy, shirinliklar, quyultirilgan sut, muzqaymoq, oq non, gazlangan ichimliklar, oshirilgam hamir, pitsa, gamburger, xamirli taomlar- qomatning "dushmani". Qahva yoki achchiq damlangan choy ichishni istasangiz yoki to'rt yegingiz kelsa, ishtahangizga qarshi chiqmang. Ammo tanovuldan so'ng jismoniy faollikni kuchaytiring. Shunda muvozanat buzilmaydi.
Ozishni uchun parhez mahsulotlar ro'yxati

O'xshash maqolalar