Asosiy/ Shirinliklar/ Tvorogli pirog tayyorlash

Tvorogli pirog tayyorlash

Tvorogli pirog

Yumshoq korj, mayin tvorogli qatlam va havodor shakarli merenga ushbu pirogda birlashib, ajoyib bir tam yaratishadi.

Pirog juda mazali va mayin bo’lib chiqadi. Ushbu pirogni tayyorlab, yaqinlaringizni xursand qiling!.

Kerakli masalliqlar: 6-8 kishi uchun

XAMIRI UCHUN

    • 3 ta tuxum sarig'i
    • 1 ta tuxum
    • 120 millilitr iliq sut
    • 50 millilitr o'simlik yog'i
    • 250 gramm un
    • 0,5 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)

NACHINKASI UCHUN

    • 300 gramm tvorog
    • 1 ta tuxum
    • 150 gramm shakar upasi
    • QIYOMI UCHUN
    • 30 gramm shakar
    • 150 millilitr qaynoq sut

MERENGASI UCHUN

    • 3 ta tuxum oqi
    • 250 gramm shakar
    • bir chimdim limon kislotasi
    •  
    • bir chimdim tuz

Xamir tayyorlaymiz:

    1. Idishga tuxum, 3 ta tuxum sarig'i va shakar solib, ko'pirtiramiz.
    2. Ko'pirtirishda davom etgan holda, iliq sut, o'simlik yog'i, un va qabartma solamiz.
    3. 22*22 ga dimetrga ega qolip tagiga pergament qog'ozi solib, yonlarini yog'laymiz va hosil bo'lgan massamizni quyib, 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 35 daqiqaga yuboramiz. Maslahat: pirog pishganini taxta tayoqchani pirogning eng qalin joyiga tiqib ko'rib bilish mumkin. Agar tayoqchada suyuq xamir izlari bo'lmasa, demak pirog pishgan

Qiyomini tayyorlaymiz:

    1. Shakarga qaynoq sut solib, shakar erigunicha aralashtiramiz.
    2. Tayyor korjlarga sut va shakarli qiyom surtamiz.

Nachinka tayyorlaymiz:

    1. Idishga tvorog, tuxum va shakar upasi solib, blenderda ko'pirtiramiz.

Merenga tayyorlaymiz:

    1. Tuxum oqiga bir chimdim tuz solib, mikserning past tezligida ko'prtiramiz.
    2. Massa ko'pirishni boshlagach tezligni oshiramiz va ko'pik ko'paygach shakar sepib, ko'pirtirshda davom etamiz.
    3. So'ngar 5-6 daqiqa shakar erigunicha ko'pirtiramiz. Maslahat: agar massa yaltiroqroq bo'lishini istasangiz, limon kislotasi qo'shing.
    4. Merenganing yarimini "ochiq yulduz" nomli qolipcha tiqilgan konditer qopchasiga soling.
    5. Korj ustiga tvorogli nachinka solib, tekkislaymiz.
    6. Tvoroqgli nachinka ustidan qolgan merenga yarimini surtamiz, uning ustidan konditer qopchasidagi merengani qo'yib chiqamiz.
    7. Tayyor pirogni 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 35-40 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!


O'xshash maqolalar