Asosiy/ Shirinliklar/ Tvorogli bulochkalar retsepti

Tvorogli bulochkalar

Tvorogli bulochkalar

Tvorogli xamirdan tayyorlangan bulochkalarning oddiysidan farqi – bunday bulochkalar juda mayin bo’lib pishishidadir.

Tvorog tufayli ularning tarkibida kaltsiy miqdori yuqori bo’lib, shuning uchun ularni bolalarga berish foydalidir.

Kerakli masalliqlar: 12 kishi uchun2 ta tuxum

    • 250 gramm tvorog
    • 175 gramm shakar upasi
    • 0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
    • 0,5 choy qoshiq vanil shakari
    • bir chimdim tuz
    • 350 gramm un
    • 75 gramm yumshatilgan sariyog'
    • 40 gramm shakar upasi
    • ustiga surtish uchun tuxum

 

Tayyorlash tartibi:

    1. Tvorogni blender yordamida maydalab olamiz.
    2. Idishga tuxum, shakar upasi, soda, tuz va vanil shakari solib, mikser yordamida ko'pirtiramiz.
    3. So'ngra ko'pirtirilgan massani tvorogga solib, aralashtiramiz. Un solib xamir qoramiz. Xamirni 2 ta bir xil bo'lakka bo'lamiz.
    4. Xamir bo'laklarini 0,5 sm qalinlikda yoyib, ustiga yumshatilgan sariyog' surtib, shakar upasi sepamiz va rulet shaklida o'raymiz.
    5. Ruletlarni 3-4 sm qalinlikdagi bo'laklarga bo'lamiz. Bo'laklarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtirib, ustiga tuxum surtamiz va 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 30 daqiqaga yuboramiz.
    6. Tayyor bulochkalarga shakar upasi sepamiz.

 

 
 

Yoqimli ishtaha!

 

 

O'xshash maqolalar