Asosiy/ Shirinliklar/ Ruletli tort tayyorlash, pishirish resepti

Ruletli tort tayyorlash, pishirish resepti

Kerakli masalliqlar:

1. Un - 2 stakan
2. Tuhum - 8 dona3. Shakar - 1,5 stakan

Ruletli tort tayyorlash, pishirish resepti
Ruletli tort tayyorlash, pishirish resepti

Krem uchun

1. Qaymoq - 700 gr.
2. Quyultirilgan sut (sgushhenka) - 200 gr.

Quyultirilgan sut
Tayyorlanishi:

Tuhumlar sarig'idan ajratilib, oqi qattiq bo'lgunicha ko'pirtiriladi.

So'ng, oz-ozdan shakar solinib, ko'pirtirishda davom ettiriladi. Qattiq bo'lganidan so'ng, bitta-bittadan tuhum sarig'lari va un solinib, aralashtiriladi.

Aralashma listga tekis qilib yoyilib, sovigan duhovkada pishiriladi.

Pishganidan so'ng, issiqligida nam sochiqqa rulet qilib o'rab, sovutiladi.

Ichidagi nachinkasiga, muzlatilgan malinaga shakar aralashtirib, surtiladi (suvini biroz silqitib). So'ng, muzlatkichga 1 soatga qo'yiladi.

Keyin kichkina parrak qilib kesiladi va dumaloq idishga terib, krem surtib tahlanadi. Yakunida, idish ustga lagan yopib, to'mpariladi va yana muzlatkichga qo'yiladi.

Muzlatkichdan olinib, idish asta ko'tarilib olinadi va dasturhonga tortiladi.

Eslatma: rulet ichiga xoxlagan nachinka surtishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaxa!

O'xshash maqolalar