Asosiy/ Shirinliklar/ Olmali pirog tayyorlash retsepti

Olmali tvorogli pirog

Olmaga ega tvorogli pirog

Tvorogli xamirdan tayyorlangan mazali olmali pirog retsepti hech kimni befarq qoldirmaydi. Shuningdek, u sizning uyingizni shinamlik bilan to’ldiradigan ajoyib doljin isiga ega.

Va’da beramizki, hamma, pirogni tezroq ta’tib ko’rishni orziqib kutadi.

 

Kerakli masalliqlar:

XAMIRI UCHUN

    • 400 gramm tvorog
    • 2 ta tuxum sarig'i
    • 20 gramm shakar
    • 0,5 choy qoshiq vanil shakari
    • 100 gramm un

NACHINKASI UCHUN

    • 300-350 gramm olma
    • 0,5 choy qoshiq maydalangan dolchin
    •  
    • 1 osh qoshiq shakar

 

Xamir tayyorlaymiz:

    1. Tvorogni sitadan o'tkizamiz yoki blenderda maydalab olamiz.
    2. Tvorogga tuxum sarig'i, vanil shakari va shakar solib, yaxshilab aralashtiramiz.
    3. So'ngra tvorogli massaga un solib, yumshoq, ozroq qo'lga yopishadigan xamir qoramiz.

 

Nachinka tayyorlaymiz:

    1. Olmalarni po'stidan tozalab, mayda to'rtburchak shaklida to'g'raymiz.
    2. So'ngra shakar va dolchin solib, aralashtiramiz.
    3. Xamirni 2 ta pergament qog'ozi o'rtasida 0,7 sm qalinlikda yoyamiz.
    4. Xamirning o'rtasiga nachinka solib, yonlarini mahkamlab tugamiz va tugilgan joyini pastga qaratib qo'yamiz.
    5. Pirogni pergament qog'ozi bilan birgalikda gaz pechi patnisiga joylashtirib, ustiga tuxum surtamiz.
    6.  
       
    7. So'ngra 160 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 50 daqiqaga yuboramiz.
      Tayyor pirogga shakar upasi sepish mumkin..

       

       

      Yoqimli ishtaha!

O'xshash maqolalar