Asosiy/ Shirinliklar/ Moxito muzqaymog'ini tayyorlash

Moxito muzqaymog'i

"Moxito" muzqaymog'i yaxshi chanqoqni bostirib, laym bilan yalpiz birgalikda yaxshi uyg'unlikni tashkil qiladi.
Issiq kunlarda tetiklashtirib, kayfiyatni ham ko'taradi.
Tayyorlaniladigan shirinlikka taxminan 15 000 so'm pul sarflaniladi.
Narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Likopchaga laym po'stini qirg'ichdan chiqarib solamiz. Sharbatini alohida idishga siqib chiqaramiz.
Laym sharbatiga yalpiz yaproqchalarini solib, blenderda maydalab olamiz.
Smetana va quyultirilgan sutni aralashtirib olamiz va 10-15 daqiqa mikser yordamida ko'pirtiramiz.
Yalpiz solingan sharbatni smetanali massaga solib, aralashtirib olamiz.
Konteynerga solib, muzlatgichga olib qo'yamiz.
Har 20 daqiqada aralashtirib turamiz, shunda muzqaymoq bir xil muzlaydi. Taxminan 3-4 bor aralashtirish talab qilinadi.


O'xshash maqolalar