Asosiy/ Shirinliklar/ Mandarinli tart tayyorlash

Mandarinli tart

Mandarinli tart

Tayyorlanishi oson bo’lgan shirinlik nihoyatda ishtahaochar bo’lib, uning nozik tvorogli asosi esa tartni yanada mazaliroq qiladi.

Uni bemalol bayram dasturxoni uchun pishirish mumkin va shuningdek bunday shirinlik oilaviy choy ichishlar uchun ham ayni muddao!.

 

Kerakli masalliqlar: 6-8 kishi uchun

    • 300 gramm pechenye
    • 120 gramm sariyog'
    • 200 gramm tvorog
    • 200 gramm 35 %li yog'li qaymoq
    • 120 gramm shakar
    • 10 gramm jelatin
    • 5-6 dona mandarin

 

Tayyorlash tartibi:

    1. Pechenyelarni paketga solib, uvoq shakliga kelgunicha maydalaymiz.
    2. Sariyog'ni eritib, pechenye bilan aralashtiramiz.
    3. Tagiga pergament qog'ozi solingan, yonlari yog'langan qolipga pechenyeni tekkislab qo'yib chiqamiz.
    4. Jelatinga 3 osh qoshiq suv solib, ishishi uchun 15 daqiqaga qoldiramiz.
    5. Idishda qaymoq, tvorog va shakarni ko'pirtiramiz. Ishigan jelatinni isitib eritamiz.
    6. Eritilgan jelatinni qaymoq va tvorogli aralashmaga solamiz. Yaxshilab ko'pirtiramiz.

Tartni yig'amiz:

    1. Mandarinlarini o'rtasidan kesamiz. Mandarinlarni qolip bo'ylab chetlariga qo'yib chiqamiz. Tvorogli massaning yarimini solib, tekkislaymiz.
    2. Tvorogli massaning qolganini ham solib, Ustini yopishqoq plyonka bilan yopamiz va butun tunga muzlatgichga yuboramiz.

 

   

Yoqimli ishtaha!

O'xshash maqolalar