Asosiy/ Shirinliklar/ Keks tayyorlash - retsepti

Shokoladli keks

Shokoladli keks

Har bir uy bekasining muzlatgichida mavjud bo’lgan, oddiy masalliqlardan tayyorlanadigan xushbo’y shokolad isiga ega juda mazali keks.

Ushbu keks juda oson tayyorlanadi va uzoq vaqt talab etmaydi!.

Kerakli masalliqlar: 8 kishi uchun

XAMIRI UCHUN

  • 210 gramm un
  • 280 gramm shakar
  • 250 gramm kefir
  • 1 ta tuxum
  • 5 gramm qabartma (razrixlitel)
  • 15 millilitr o'simlik yog'i
  • 20 gramm kakao kukuni

GLAZURI UCHUN

  • 20 gramm kakao kukuni
  • 30 gramm shakar
  • 55 gramm smetana
  • 10 gramm sariyog'
  •  

Tayyorlash tartibi:

  1. Alohida idisha un, shakar kakao va qabartma solib, aralashtiramiz.
  2. Boshqa idishda kefir, tuxum va o'simlik yog'ini aralashtiramiz.
  3. Quruq massani suyuq massaga solib, yaxshilab aralashtiramiz.
  4. 30*20 diametrga ega qolipni sariyog' bilan yog'lab, xamirni quyamiz va 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga yuboramiz. Keks tayyor bo'lganini taxta tayoqchalar yordamida tekshirish mumkin.

Glazur tayyorlaymiz:

  1. Sariyog'ga smetana, shakar va kakao solib, o'rtacha olovga qo'yamiz.
  2. Qaynagunicha aralashtirib turib, so'ngra olovdan olamiz va ozroq sovutamiz.
  3. Sovugan keksni teng to'rtburchaklarga kesib, ustidan glazur quyamiz va rezavor mevalar bilan bezatamiz.

   

Yoqimli ishtaha!

O'xshash maqolalar