Asosiy/ Shirinliklar/ Brauniz tayyorlash

Brauniz

Brauniz bu amerika oshxonasiga tegishli shokoladli shirinlik bo'lib, usti qattiqroq, ichi esa suflesimon yumshoq chiqadi.
Tayyorlash jarayoni esa juda oson bo'lib, hatto bolalarning o'zlari ham buni uddalay olishadi.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 24 000 so'm pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Idishga shokoladni bo'lakchalarga bo'lib, solamiz. Ustidan to'rtburchak qilib to'g'ralgan sariyog'ni ham solamiz.
Shokolad va sariyog' solingan idishni mikroto'lqinli pechga qo'yib, suyuq holatga kirguniga qadar eritamiz.
Alohida idishga shakar, un, kakao va qabartmani solib, aralashtirib olamiz.
·
Quruq massaga tuxum solib, aralashtirib olamiz.

\

Silliq aralashma hosil bo'ladi.
Aralashmaga eritilgan shokolad-sariyog'li aralashmani solamiz va aralashtirib olamiz.
Uzunchoq, 20x20 sm yoki 15x25 sm li qolip olib, unga sariyog' surtib chiqamiz. So'ng shu qolipga xamirni quyamiz.
·
Xamir solingan qolipni qizdirilgan gaz pechiga solamiz va 180 C darajada 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pirogni avval sovutib, so'ng qolipidan ajratamiz va to'rtburchk shakllarda kesib chiqamiz.
Maslahat: pirogni bir kechaga qoldirsangiz, u yanada mazali ta'mga ega bo'ladi. Yoqimli ishtaha!


O'xshash maqolalar