Asosiy/ Sherlar/ Yashaylik (sher)

Yashaylik

Eh kimlardan qolar bu dunyo.
Qolar kuchlimi, kuchsizdan ham.
Hammamizni olar bu dunyo.
Bir kun kelib qolar bizdan ham.

Yomonlikni bir chetga qo'yib.
Ezgu ishlar qilib yashaylik.
Yolg'onchida bir to'yib-to'yib.
Dildan yayrab kulib yashaylik.

Ishq muxabbatdan sarmast bo'lib.
Diydor qadrin bilib yashaylik.
Yashaylik zavq-shavqqa to'lib.
Sevaylik, sevilib yashaylik.

Besh kun umrimiz bormi, yo'qmi.
Do'stlar huzur qilib yashaylik.
Qaro ko'zimiz ochmi, to'qmi.
Tinchmiz shukur qilib yashaylik.




O'xshash maqolalar