Asosiy/ Sherlar/ Xech kim bilmaydi

Xech kim bilmaydi

Boshinga g'am tushsa, o'zing bilasan,
Boshqalar sezmaydi, iching tilasan,
Ba'zda yig'laysan, ba'zan kulasan,
Qalbingdan o'tganin xech kim bilmaydi...

Tanangda dard bo'lsa, o'rtanar taning,
Ko'zinga ko'rinmas davlating, moling,
Uyingda yuk bo'lsa yegani noning,
Qalbingdan o'tganin xech kim bilmaydi...

Xayotda yashaysan quvonch g'aming bor,
Kimgadir xor bo'lib kimlargadir zor,
Ko'zinga ko'rinar dunyo bo'lib tor,
Kalbingdan o'tganin xech kim bilmaydi...

Zolimlar mazlumga qilsalar TUXMAT...
O'ziga bo'xtonni qilishib odat,
Bas qil, deyolmaysan ZULMni to'xtat,
Qalbingdan o'tganin xech kim bilmaydi...!

Yoningda shay tursa qarindoshing xam,
Ota onang, Do'sting, sinifdoshing xam,
Xattoki, sezmaydi yosdiqdoshing xam,
Qalbingdan o'tganin xech kim bilmaydi...!




O'xshash maqolalar