Asosiy/ Sherlar/ Vatan haqida chiroyli sher

Vatan haqida

Kurashib yovlar bilan
Fido qildi jon-u tan
Necha-necha ajdodlar
Bo'ldilar qurbon Vatan!

Oyoq bosib Chingizlar
Otdi senga ildizlar
Ba'zi gumrox beyuzlar
Sotdilar arzon Vatan!

Hind yurtida qildi sabr
Seni sog'inib Bobur
Yot yurtda o'lmoq og'ir
Sensan bizga jon Vatan!

O'zga yurtda Furqatlar
Chekdi qancha zaxmatlar
Yillab kutdi fursatlar
Bo'lmadi imkon Vatan!

Gul bo'lmayin kul bo'ldik
Birovlarga qul bo'ldik
Mana endi xur bo'ldik
Senga sharof shon Vatan!

Ajdodlarim yod bu'lsin
Ruxlari ham shod bo'lsin
Yurtimiz obod bp'lsin
Bizlarga makon Vatan!

Oshdi shuxrat shonim ham
O'tar bahtli onim xam
Senga fido jonim ham
Xo'r O'zbekiston Vatan...!!!




O'xshash maqolalar