Asosiy/ Sherlar/ Umr - vaqtdan iborat

Umr - vaqtdan iborat

Umr - vaqtdan iborat.
Vaqting sarflama bekor.
Har kun, har on, har soat
Ichida hayoting bor.

Qurmoqni maqsad qilsang
Gar mangulik imorat
Qurajaksan, intilsang
Har kun, har on, har soat.

Kutib turgan bo'lsang ham
Kelajakda saodat.
Hozirdan tashla qadam,
Har kun, har on, har soat.

Bo'lmoq istasang hoqon
Toju-taxtdir - ibodat.
Olloh uchun tikkin jon,
Har kun, har on, har soat.




O'xshash maqolalar