Asosiy/ Sherlar/ To'y tabrik sherlar

To'y tabrik sherlar

To'ylar bo'lsin muborak

To'ylar bo'lsin muborak
Tabriklayin sizlarni
Davramizning to'riga
Taklif qilay qizlarni
Qani kuyov jo'ralar
Ayting qadax so'zlarni
Davramizga chorlayman
Eng qadrdon do'stlarni
(Umringiz bahordek bo'lsinu xech yomg'iri bo'lmasin
Yozdek issiq bo'lsinu Saratoni bo'lmasin
Kuzdek to'kin bo'lsinu xech hazoni bo'lmasin
Qishdek oppoq bo'lsinu qahratoni bo'lmasin)
Amma tog'a xolalar
Hammalari shod bugun
Yurtimizda ko'p bo'lsin

Shunday go'zal bahtli kun
Bugun yangi hayotga
Qadamlarni qo'yibsiz
Shunday go'zal oqshomning
Ko'rki bo'lib turibsiz
Sizlarga baht tilayman
Qutluq bo'lsin to'yingiz
Shirin o'g'il qizlarga
To'lib yursin uyingiz
(Bahor ko'rkamligi subxidam tongi
Beg'ubor qalbingiz hamrohi bo'lsin
Quvonchlar tilayman yangidan yangi
Dilingiz shodlikka orzuga to'lsin)
Barcha orzularga yeting iloyim
Armondan yiroqda bo'linglar doim
Panohida asrasin qodir xudoyim
Faqat shudir mening bir iltijoyim
To'ylar bo'lsin muborak
Tabriklayin sizlarni
Davramizning to`riga
Taklif qilay qizlarni
To'yda aytiladigan tilaklar, she'rlar


To'y haqida ta'sirli she'r
Етолмадим на қилай,
Ўйларимнинг ўйига.
Мехмон бўлиб бораман
Севганимнинг тўйига!
Чидолмайди юрагим,
Шум тақдирнинг кўйига.
Мехмон бўлиб бораман
Мухаббатим тўйига!
Ёр кўргани боролмайман,
Энди сойнинг бўйига,
Мехмон бўлиб бораман,
Гўзалимнинг тўйига!
Кимга айтай, ким тинглар?
Яро кўнглим куйини,
Хамма айиб тақдирда
Бу - тақдирнинг ўйини!!!


To'ylar bo'lsin muborak

"Yor-yor"lardan namunalar keltiramiz:
Hay-hay о'lап, jon о 'lan, baxting bo 'lsin yor-yor,
Payg'amharning qizidek taxting bo'lsin yor-yor,
Payg'amharning qizini kim ko'rgan bor yor-yor,
Ota-ona uyiga kim to 'ygan bor yor-yor.
Zargar qilgan zanjirni uzib bo 'lmas yor-yor,
Xudo qilgan taqdirni buzib bo 'lmas yor-yor,
Hay-hay о 'lan, jon о 'lan, mis panjara yor-yor,
Har jafoga ko'nadi qiz bechora, yor-yor.
Yig'lama qiz, yig'lama, to'y saniki yor-yor,
Ostonasi tillodan uy saniki yor-yor,
Hay-hay o'lan, jon o'lan atoyi qiz, yor-yor,
Upa-epik kerakmas, chiroyli qiz, yor-yor.


O'xshash maqolalar