Asosiy/ Sherlar/ Shaharlik qiz kelin bo'ldi qishloqqa

Shaharlik qiz kelin bo'ldi qishloqqa

Shaharlik qiz kelin bo'ldi qishloqqa,
Sigir sog'di qatiq, qaymoq, pishloqqa.
Tegmasin deb sigirning dumi quloqqa,
maxkam qilibon bog'lab qo'ydi ayoqqa.
Katta sigir indamasdan jim bo'ldi,
muncha chaqqon bu qiz dedi kim bo'ldi.
Juda mo'miq qo'li yumshoq ekan deb,
sog'gani sari yelinga xam sut to'ldi.
Saxarlab turib qaynatdida choyini,
Qaynonaga tortiq etdi sutu moyini
Quvnab ketgan Ona duolar qilibon,
Jannat qilgin dedi qizim joyini.
Suvlar sepdi, xovliga qiz suyinib,
yoshlik chog'in esar qaynona kuyinib.
Shirin so'zlab asal va bol ili-nib,
qutlug' dedi kelin qizning poyini.
Qo'y qo'zilar baillashmay qolibdi,
besh maxaldan xashak o'tin solibdi.
shunday qilib kelichak baxtin topib,
super kelin degan nom xam olibdi.
Shahar qizi qishloqlikdan qolishmas,
yaxshi qizlar axir baxtidan nolishmas.
Axt tilashda oshiqlarga zavqiy qalb,
ancha muncha shoirlardan QOLISHMAS.



O'xshash maqolalar