Asosiy/ Sherlar/ Otalarni yig'latma hayot

Otalarni yig'latma hayot

Havas qilar ahli dunyo sabotiga,
Ko'z tegmasin iymon-etiqodiga,
Dog' tushmasin oilasin nomiga,
Otalarni yig'latma hayot.

Ayollarning makriga hech uchmasin,
Keksayganda farzandlari kechmasin,
Dilbandini tobutini quchmasin,
Otalarni yig'latma hayot.

O'gli ichib chekib xor bo'lsa,
Qizi behayo, benomus, beor bo'lsa,
Ko'zlariga keng dunyo ham tor bo'lsa,
Otalarni yig'latma hayot.

Yig'lasa ham quvonchidan yig'lasin,
Farzandlari to'ylarida o'ynasin.
Hajga borib dili ko'zi quvnasin,
Otalarni yig'latma hayot.

Havas qilar axli dunyo sabotiga,
Ko'z tegmasin iymon etiqodiga,
Ko'z yosh yarashmaydi erkak zotiga,
Otalarni yig'latma hayot.

O'xshash maqolalar