Asosiy/ Sherlar/ Onam yopgan nonni sog'indim

Onam yopgan nonni sog'indim sherlar

Saxar turib ertalab.
Tandirga o'tin qalab.
Yopardilar issiq non.
Mehribonim onajon.

Dilimdagin topardi.
Sutli patir yopardi.
Kunlar shunday o'tardi.
Onam yopgan nonni sog'indim

Osh qilardi til yorar.
Sog'inchim ortib borar.
Ko'zi har kun yo'l qarar.
Onam yopgan nonni sog'indim

O'zga yurtni makon qilib.
Uy qadrini endi bilib.
Yolg'ondan yuramiz kulib.
Onam yopgan nonni sog'indim

Ba'zan ko'zlar yoshlanar.
Peshona-chi? Mushlanar.
Balki hayot endi boshlanar.
Onam yopgan nonni sog'indim

Yuramiz sanab kunlar.
Uyqu yo'q bedor tunlar.
O'tib ketar oy yillar.
Onam yopgan nonni sog'indim

Nasib uyga qaytamiz.
Bu kunlarni kutamiz.
Shu so'zlarni aytamiz.
Onam yopgan nonni sog'indim....




O'xshash maqolalar