Asosiy/ Sherlar/ Onajonim, Mehribonim

Onajonim, Mehribonim

Farzandim deb, quchoq ochgan,
Panalarga olib qochgan,
Har lahzada mehrin sochgan,
Sizga ta'zim, har bir onim,
Onajonim, Mehribonim.!
Yuzlari oy, ziyo nurim,
Tilloga teng so'zi durim,
Bu dunyoda yagona xurim,
Sizga ta'zim, har bir onim,
Onajonim, Mehribonim.!
Og'rib qolsam dildan yig'lab,
Joynamozda umrim tilab,
Duo qilgan yuzim silab,
Sizga ta'zim, har bir onim,
Onajonim, Mehribonim.!
Siz borimsiz qutlug' olam,
Dil bogimda tanho lolam,
Deysiz: doim, jonim bolam,
Sizga ta'zim, har bir onim,
Onajonim, Mehribonim.!
Bu dunyoda ne'matimsiz,
Robbim bergan rahmatimsiz,
Mahshargohda jannatimsiz,
Sizga ta'zim, har bir onim,
Onajonim, Mehribonim.!
Onajon, siz mevali daraxt,
Sizsiz olam xaroba karaxt,
Borligingiz men uchun baxt,
Farzandingiz qilar, sizga ta'zim,
Onajonim, Mehribonim.

O'xshash maqolalar