Asosiy/ Sherlar/ Onadir go'zal

Onadir go'zal

DUNYODA KIM GO'ZAL DEGAN SAVOLGA.
MEN DADIL AYTAMAN ONADIR GO'ZAL.
TO'QQIZ OY DILBANDIN ASRAB JONIDA
YUZIGA DOG' TUSHGAN ONADIR GO'ZAL.

O'LIMNI BO'YNIGA OLIB TUQQANDA.
XAYOT BAXSH ETOLGAN ONADIR GO'ZAL.
AVAYLAB ASRAB PARVARISH QILIB
TUNU KUN PARVONA ONADIR GO'ZAL.

DARD KELSA DARDKASHIM BO'LAR YONIMDA.
G'AM TASHVISH KELGANDA MADADIM BO'LAR.
SHODLIK ONLARIMDA BAXTIM TILAGAN
MEXRI DARYO MUNIS ONADIR GO'ZAL.

BIZDAN NA BIR GUL NA PUL SO'RAGAN.
KO'ZLARI MULTIRAB YO'LIM POYLAGAN.
XAR KUNI BIR BORA UMID BOG'LAGAN
MUSHFIKAM MUNISAM ONADIR GO'ZAL.

DUODA TINIMSIZ BAXTLAR TILAGAN.
DILIN OG'RITSAK XAM KULIB QARAGAN.
FARZANDIN AYBINI KECHIB YUBORGAN.
MURUVVATI CHEKSIZ ONADIR GO'ZAL...

O'xshash maqolalar