yandex metrika
Sherlar

Nigohlar...

Nigohlar taralar
Mehrli..
Ba'zida sovug'-u, qahrli
gohida sirliyu...
Sehrli..
Nigohlar.....

Qalblardan taralar
qarashlar...
Ko'ngil va hissiyot
talashar...
Ikkisi...oxiri..
Yarashar...
Nigohlar...

Sevgining ijori..
Biram ajoyib..
Qorachiqda namoyon..
Sirli, g'aroyib...
Bunda hissiyotlar...
yiqilar toyib...
Nigohlar....

Sevgining qarashi..
Gulhanmi olov..
Boqqanni kuydirar..
Yongancha lov-lov..
ham bahtdir...ko'ngilga
ham zavqli sinov...
Nigohlar...