Asosiy/ Sherlar/ Nechun kelmading

Nechun kelmading sevgi haqida she'r

Nechun kelmading
Nechun kelmading


Seni kutdim, kutdim ko'p uzoq
Yo'llaringga ko'zlarim mushtoq
Kelishingdan aylabon ogoh
Bevafo yor nechun kelmading?

Yuragimni qilding ming pora
Nechun ko'ngling bo'ldi qop-qora
Topildimi sevgiga chora

Bevafo yor nechun kelmading?

Vadangga sen vafo qilmading
Senga bo'lgan sevgim bilmading
Yuragimni yondirib o'tda
Bevafo yor nechun kelmading?

Yuragingda bormi o'zga yor
U bo'larmi senga vafodor?
Qora tunlar o'tdiku bedor
Bevafo yor nechun kelmading?

Kutib, kutib toldi ko'zlarim
Armon bo'lib qoldi so'zlarim
Pinhon yotar dilda bo'zlarim
Bevafo yor nechun kelmading?

O'xshash maqolalar