Asosiy/ Sherlar/ Musofirlar dardi sherlar

Musofirlar dardi

Musofirlar haqida sherlar

Yana qo'lga olib qalam,
Sog‘inchimni etdim bayon,
Ichimdagi dardu alam,
Faqat bir o'zimga ayon.

Yuribmanku mehnat qilib,
Yurtdan olis makonlarda,
Har kun halol rizqim terib,
Ishlayapman sovuqlarda.

Goh mag'lubman goho g‘olib,
Hatto ba’zan bekor qolib,
Sog‘inchimni kuyga solib,
Yashayapman musofirda.

Otajonim men yaxshiman,
Onajonim ishim yengil,
Akam ukam yuribdimi,
Qalay o‘zi erka singil.

Qishloq ancha o‘zgargandir,
Chiroy ochib gullagandir,
Do‘stu jura qadirdonlar,
Sog‘u salomat yurgandir.

Bu yerlarda dardkashim yo‘q,
Biror yaqin sirdoshim yo‘q,
Ammo havotir olmanglar,
Ustim butu qornim ham to‘q.

Yaqin qoldi diydor oni,
Men qaytaman tugasa qish,
Sog‘indimda vatanimni,
O‘zimizda ham ko‘pku ish.

Musofir bola nolasi

Musofir bola nolasi

Sog’inchi ko’p kunim bor ona,
Dartlashgali tunim bor ona,
Mehribonim jannatim mening,
Sizdan bo’lak kimim bor ona.

Soyamdek yonimda yurguvchi kim bor,
Siz kabi qadrimga yetguvchi kim bor,
Olloxdan umringiz so’rayman ming bor,
Sizdan bo’lak mening kimim bor ona.

Baxt izlab mana dunyoni kezdim,
O’zga yurtlarda qadringiz sezdim,
Hayot tashvishidan judaham bezdim,
Sizdan bo’lak mening kimim bor ona.

Rizqim teray deb musofir bo’ldim,
Mexnatan o’lmadim sog’inchdan o’ldim,
Sizlarni sog’inib sog’inchdan so’ldim,
Sizdan bo’lak mening kimim bor ona.

Alam bilan qo’lga qalam olaman,
Rasmingizga qarab o’yga tolaman,
Bag’ringizga ona qachon boraman,
Sizdan bo’lak mening kimim bor ona.

Qancha mehr berdiz onajon bizga,
Yosh to’lar ikki shu morg’ok ko’zga,
O’g’lingiz Muslimbek sher yozdi sizga,
Sizdan bo’lak mening kimim bor ona.

Musofir yigit nolasi

Ko’zlaringiz suzmang qoshi qalamlar,
Yiroq keting mendan tashvish-u g’amlar,
Duo qiling omon boray yaronlar,
Uyda mening ota-onam kutmoqda.

Duo qiling, yetay omon bag’riga,
Kulfat yog’ib, dard qo’shmayin dardiga,
Borginimcha sabr bergin sabriga,
Uyda mening ota-onam kutmoqda.

Egam menga ravo ko’rsang ham g’amni,
Lek yig’latib qo’yma ota-onamni.
Yetar shuncha musofirligim kammi?
Uyda mening ota-onam kutmoqda.

Bilaman ko’p, hatolarim bir dunyo,
Bo’ldim go’yo, qing’ir yo’lda avliyo,
Yo’llarimga bo’lganicha mahliyo;
Uyda mening ota-onam kutmoqda.

Yiroq ketdim, ado etmay burchimni,
O’ylamadim, ko’rdimda o’z kunimni,
Men nodonni har kun tilab umrimni
Uyda mening ota-onam kutmoqda.

Qalbingda ayt zarracha bormi mehr?
Ko’zlaringni aylabdi-ku, nafs so’qir.
Xudoyberdi aqlingni yig’gin, axir
Uyda mening ota-onam kutmoqda!

Musofir erkaklar

Ota onam oilam kami to’lsin deb,
Musofir yurar birim ikki bo’lsin deb.
Ilm olsin borimda o’g’lim qizim deb,
O’zga yurta musofir yurgan erkaklar.

Mehnat qilar hudodan baraka so’rab,
O’zga yurtni doyim begona sirab.
Tunlar uxlolmay juftlik halolin o’ylab,
O’zga yurtda musofir yurgan erkaklar.

Bazida ko’ngliga qil ham sigmaydi,
Asl erkaklar aslo ishdan qochmaydi.
Musofirni dardini kofir bilmaydi,
O’zga yurda musofir yurgan erkaklar.

Bu hayot kimga shirin kimgadir taxir,
Dard kelganda sher yozar dard qo’shib Qodir.
Chunki u ham musofir bir oddiy shoir,
O’zga yurtda musofir yurgan erkaklar.
Azobini yashirib kulgan erkaklar.

Tezroq qayting O‘zbekistonga

Qulok tutmang aslo nodonga,
Ishonmang xech, biror yolg‘onga,
Musofirda yurgan do‘stlarim,
Tezroq qayting O‘zbekistonga.

Vatan bu ko‘z qorangiz sizni,
Sog‘inibdi bolangiz sizni,
Yig‘layapti onangiz sizni,
Tezroq qayting O‘zbekistonga.

Bundan go‘zal yurt topolmaysiz,
Uzoklarda tinch yotolmaysiz,
Dardingizni ovutolmaysiz,
Tezroq qayting O‘zbekistonga.

O‘z otasin sotgan kaslarga,
Vatan nima bilmas pastlarga,
Almashmang, yolg‘onni rostlarga,
Tezroq qayting O‘zbekistonga.

Quloq tutmang aslo nodonga,
Ishonmang hech, biror yolg‘onga,
Musofirda yurgan do‘stlarim,
Tezroq qayting O‘zbekistonga.

Musofirning alami

Sen qaydanam bilar eding, musofirning alamini,
U ketarda ich-etin yeb, ming entikib bo‘zlab ketar.
Ota-ona, yoru jigar, qo‘ni-qo‘shni xayrlashsa,
To manzilga yetgunicha bildirmaslan yig‘lab ketar.

Sen qaydanam bilar eding, musofirning alamini,
Sochilgan rizq, nasibasin termoq bo‘lib izlab ketar.
Uning dardi kulgu emas, yoki kayfu safohammas,
U oilasin to‘q tutmoqni, o‘z maqsad deb ko‘zlab ketar.

Sen qaydanam bilar eding, musofirning alamini,
Yor vasliga to‘ymasidan yurak-bag‘rin tuzlab ketar,
Beshikdagi bolasining diydorini zor sog‘inib,
O‘z-o‘ziga orzularin, armon bilib so‘zlab ketar.

Sen qaydanam bilar eding, musofirning alamini,
Ular yashar ohu faryod, ko‘ngilu shod nolam deya.
Sovuqlarda qotsa hamki, sabr etar barchasiga,
Mehnat qilar, otam deya, onam, deya, bolam deya…
Sen qaydanam bilar eding, musofirning alamin.

Musofir — qo‘shiq matni

Qoshing qora, ko‘zlaring qora,
Yulduzisan qaysi osmonning?
Eslolmasang, o‘zim eslatay –
Bolasisan O‘zbekistonning!

Qachon kelding bu yerga o‘zi,
Ne maqsadda daydib yuribsan?
Anchagina ulg‘ayibsan-ku,
Qorayibsan, ozib-to‘zibsan.

Jilg‘alarsiz daryo quriydi,
Daryoyingni qo‘yma unutib.
Yur, barini eslaymiz birga,
Aylantiray qo‘lingdan tutib.

Yodingdami beshiging, o‘g‘lim?
Undan hali hiding ketmagan.
Mahallangning yo‘liga qara –
Bundan hali izing ketmagan.

Qara, onang tandir yonida,
Yopayapti sen uchun kulcha.
Etagidan ajralmasdingku,
Sog‘intirding sen uni buncha?

Akang bilan uchirgan varrak,
Boq, osmondan tusholmayapti.
Opang seni sog‘inib yig‘lab,
Tishlaganin yutolmayapti.

Oxirgi bor qachon eshitding,
To‘ylardagi yor-yorni, o‘yla?
Bor, xayolan, do‘stlaring bilan,
O‘rtaga tush, quloch yoz, o‘yna.

Eh, hayit bayramini sog‘inib,
Oqizdingku ko‘zing yoshini.
Senga asrab charchadi yangang,
Arafaning shirin oshini.

Qara, o‘sha tanish choyxona,
Choylashib gasht qilar keksalar.
Ko‘rding, otang kulolmayapti,
Yo‘lga qarab, seni axtarar.

Ammang, xolang, amaking, tog‘ang,
Tarqatyapti sumalaklarni.
Nahot sog‘inmading, jon bolam,
Navro‘zdagi kamalaklarni?

Qara, buving qaddi bukilib,
Ushoqdayin bo‘lib qaribdi.
Bir ko‘rishga ulgurmikansan?
Xastalanib, yotib qolibti.

Bolam, deysan tilingda ming bor,
Qo‘lingda dast ko‘tarolmaysan.
Kechirsa ham bir kun ayoling,
Sen o‘zingni kechirolmaysan.

Musofirning qadri bo‘lmaydi,
Musofirning qabri bo‘lmaydi,
Musofirning musofirlikdan,
O‘tadigan dardi bo‘lmaydi.

Tish qayrama, yomon dema hech,
Seni katta qilgan Vatanni.
Kim deydilar eshigini tepib,
Beshigini buzgan odamni?

Yashnamaydi novda ildizsiz,
Tomiring suv ichgan yerga bor.
Otang qurgan yo‘llarni yashnat,
Uy yoniga yana bir uy sol.

Yaxshilik qil, yurtingni yashnat,
Qo‘ldan berma shunday imkonni.
Sen hech kimdan kam emassan, bil,
Bolasisan O‘zbekistonning!

Musofirda yurganlar

Uyg’onasiz yurtingizda dil hotirjam,
Imkon bo’lsa har kim yurtdan rizqin tersin.
Sog’inchiga Topilmaidi Biror Malham,
Musofirda yurganlarga sabr bersin.

Bir kuni to’q, bir kuni och bo’lishi bor,
Birozgina qalay olmoqqa bo’ladi zor.
Kim tutadi ich deb yovg’on, bulsa bemor.
Musofirda yurganlarga sabr bersin.

Havotirda o’tkazar har lahzasini,
Unutishga majbur ba’zan lahjasini.
Ko’zga surtar topgan har bir akchasini.
Musofirda yurganlarga sabr bersin.

«Borgunimcha onam politsiya» Bo’lsin deidi,
Olslarda Otasining g’amin Eyidi.
«Keling» desa bolasiga nima deydi,
Musofirda yurganlarga sabr bersin.

Halovatsiz uzun tunda xayollar surar,
Oilasin, jigarlarin kachon ko’rar.
Duosida o’z-o’ziga sabr tilar.
Musofirda yurganlarga sabr bersin.

Kim oralar, kim ma’qullar ketganini,
Har kim o’zi bilar, o’zdan o’tganini.
Bitta-bitta yig’ib, halol topganini.
Musofirda yurganlarga sabr bersin.

Sog’inadi o’z uyining havosini,
To’ylarini, karnay-surnay sadosini.
Bekitolmas Ichdan Toshgan Nidosini,
Musofirda yurganlarga sabr bersin.

Qo’rqib qarar uydan bo’lgan ko’ng’iroqqa,
«Tinchmikin» deb, o’zin tutar shovqin so’roqqa.
«Kaytar edim turib olsam sal oyoqqa»,
Musofirda yurganlarga sabr bersin.

Ko’rmayapti o’g’ilchasin o’qishin,
Qizi dadam deya, she’rlar to’qishin.
Tugatsaidi, ohiri xuddi shu ishlarin.
Musofirda yurganlarga sabr bersin.

Bir-ikki chetda yurgan nopok sabab,
Musofirni qoralamang, yomon atab.
Kimda gunoh, kimda savob bilguvchi Rab,
Musofirda yurganlarga sabr bersin.

Sog’inchlardan rang-u, ro’yi bo’lmay somon,
Qoni-qonji to’lib uyga qaitsin omon.
Asl boilik oiladir, issiq makon,
Musofirda yurganlarga sabr bersin.

Musofir yurtda qadringiz sezib

Musofir yurtlarda qadringiz sezib,
Sog’inch qurg’ur qo’ymas yurakni ezib,
Gohida telbadek ko’chalar kezib,
Onajonim sizni sizni sog’indim.

Tundami yesada ovqat tongdami,
Kechalar topolmay uyqumda rohat,
Ollohdan so’rayman didoriz faqat,
Onajonim sizni sizni sog’indim.

Belimning quvvati ishim barori,
Iymonim pokligi qalbim qarori,
Ko’zimning nuriyu dardim darmoni,
Onajonim sizni sizni sog’indim.

Qaytib borib sizni aylayin tavob,
Ish qilib savob,
Qarorim qattidur gapimga javob,
Onajonim sizni sizni sog’indim.

Dunyo kezib ulg’ayib o’zgardi felims
Hizmatingiz qildiray olib bir kelins
Onajonim sizni sizni sog’indim.

Musofirda olma jonini

Rizqin izlab o’zga yurtlardan,
Nochor ketib vatan tuproqdan,
Asra Hudo shayton sirtmoqdan,
Musofir yurtlarda olmagin jonni.

Orzu niyat sarob qilmasdan,
Yo’lin kutib ona qolmasdan,
Armon solma, rohat ko’rmasdan,
Musofir yurtlarda olmagin jonni.

Mehnatidan topgan,oshu nonini,
Tushlarda ko’rib goh, farzand yorini,
G ‘amlarga ko’mmagin onazorini,
Musofir yurtlarda olmagin jonni.

Yuzin ursa sovuq shamoli,
Yurakni qiynasa sog’inch azobi,
Asrasin xudoyim ona duosi,
Musofir yurtlarda olmagin jonin.

Qarzdir senga omonat joni,
Uyida kutadi dilbandu joni,
Sog’inch ezib yotar yurak har kuni,
Musofir yurtlarda olmagin jonni.

Onalar ko’rmasin farzand dog’ini,
Otadan ayirma farzand jonini,
Xudoyim asrasin chivin jonini,
Musofir yurtlarda olmagin jonni.

Bilgil do‘stim bu yer Rossiya

Mehnat qilsang noning butun bor,
Dangasalar nonga bo‘lar zor.
Qadamingni poylaydi ag‘yor,
Bilgil do‘stim bu yer Rossiya!

Mehnat qilar millatlar xar hil,
Ammo maqsad barchada bir xil.
Shirinsuz bo‘l va hurmatda bo‘l,
Bilgil do‘stim bu yer Rossiya!

Uygonasan xurozdan oldin,
Pishiq bo‘lsang topganing oltin,
Hisob bilsin har qandayin tiyin,
Bilgil do‘stim bu yer Rossiya!

Kattalarga bo‘lgil ho‘rmatda,
Kichiklarga bo‘lgil izzatda,
Odamiylik asl qiymatda,
Bilgil do‘stim bu yer Rossiya!

Laqma bo‘lsang laqqilatarlar,
Ezma bo‘lsang ezib sog‘arlar,
Chakimchini tikka otarlar,
Bilgil do‘stim bu yer Rossiya!

Ifloslarga qushilma zinhor,
Yovuzlarga kulfat doim yor,
Pand yemagin topmagin zinhor,
Bilgil do‘stim bu yer Rossiya!

Bemahalda yurmagin aslo,
Buzuqlarni turmushi rasvo,
Saqlanganni saqlaydi Olloh,
Bilgil do‘stim bu yer Rossiya!

Olloh bersin barchaga sabr,
Vatan uzoq yuqotma qadr,
Sog‘inch hissi juda ham og‘ir,
Bilgil do‘stim bu yer Rossiya!

Nur istagan nur topgay bunda,
Dur istagan dur topgay bunda,
Pul istagan pul topgay bunda,
Bilgil do‘stim bu yer Rossiya!

Ne qilsa ham o‘zbek ekanmiz,
Bola-chaqa o‘y-joy deganmiz,
Yaxshi niyat bilan kelganmiz,
Bilgil do‘stim bu yer Rossiya

Musofir yurtdagi do’stlarim

Sizlarga Ollohdan omad so’radim,
Sizlarga Ollohdan sog’lik tiladim,
Gohida sizlarga havas qilaman,
Gohida sizlarni o’ylab yig’ladim…
Musofir yurtlarda yurgan do’stlarim.

O’zinggizni asrang yaqinlar uchun,
Kuttirmang sog’inib kutgan ko’zlarin,
Bajarib otalik, onalik burchin,
O’ylaysiz har kuni oila tinchin.
Musofir yurtlarda yurgan do’stlarim.

Yashash oson emas buni bilaman,
Sizlarni o’ylab man ko’ksim tilaman,
Vatan degan so’zni yurakka joylab,
Vatan degan so’zga jonim beraman.
Musofir yurtlarda yurgan do’stlarim.

Olovning ustida turgan do’stlarim,
Jonini xatarga qo’ygan do’stlarim,
Goh suygan goh kuygan, to’ygan do’stlarim,
Narigi dunyoni ko’rmagan faqat,
Bir boshi, ming azob ko’rgan do’stlarim.

Yashaysiz xotira ichida yig’lab,
Ahad Qayum yozdi sizlarni o’ylab,
Biz sizga sher yozib qo’shiqlar kuylab,
Har oqshom xayolni o’tmishga bog’lab,
Har oqshom Vatanni sog’inib yig’lab,
Bobolar qabrini boringgiz yo’qlab,

Go’yo qilko’prikda turgan do’stlarim,
Musofir yurtlarda yurgan do’stlarim!

Musofirim sog‘indim

Jahongashta shunqorim, musofirim sog‘indim,
Horijlardan ilm istagan bolajonim sog‘indim.

Yuragimni parchasi og‘lonimni sog‘indim,
Onajon degan seni bo‘ylaringni sog‘indim.

Yurt dovrug‘in dunyolarga taratgin-ey bolama,
El korga yaraydigan inson bo‘lgin bolama.

Ota-onang qariganda kiftlaringda ko‘argin-ey bolama,
Qalbim to‘la quvonch hamda sog‘inchlarga bolama.

Qo‘lim ochib duolarga yolvoraman Ollohimga,
Qayda bo‘lsang seni olsin panohiga bolama.

O'xshash maqolalar