Asosiy/ Sherlar/ Muhabbatga sadoqat shumi

Muhabbatga sadoqat shumi

Ishondingiz yolg'on so'zlarga
Uchdingizmi shahlo ko'zlarga
Beparvosiz endi bizlarga
Muhabbatga sadoqat shumi?!.

Yuragingiz aylanib toshga
Ko'zlarimni to'ldirib yoshga
Oshno bo'lib bir qalam qoshga
Muhabbatga sadoqat shumi?!.

Intiq qilib ko'zimni yo'lga
Qiyos qilib o'zgani gulga
G'am anduxni do'st qilib dilga
Muhabbatga sadoqat shumi?!.

O'sha qizni pariga yo'yib
Dil yaramga og'ular quyib
So'ngra esa pichoqsiz so'yib
Muhabbatga sadoqat shumi?!.




O'xshash maqolalar