//

Asosiy/ Sherlar/ Men yig'ladim

Men yig'ladim

- Mazasi bo'lmay, hamma joyi og'rib tursa ham Men
yaxshiman bolam, deydigan onamni ko'rib YIG'LADIM...

- Juma namoziga ketayotib ishlayotgan somsaxonayu,
muzqaymoqlarni ko'rib YIG'LADIM...

- Halol yoki Bismillax deb yozib qo'yib
ro'zadorlarga ziyon berib ishlayotgan kafelarni
ko'rib YIG'LADIM...

- 1 chi tarovex kuni 8 saf bo'lib 17-kuni 2 saf
qolgan musulmonlarni ko'rib YIG'LADIM...

- Tarovex o'qilayotgan paytda choyxonada yonboshlab
kekirib yotganlarni ko'rib YIG'LADIM...

- Namozxonlar ko'p islom yaxshi tarqagan degan
Toshkentimda 10 odamdan atiga bittasi namoz
o'qishini eshitib YIG'LADIM...

- 70-80 yoshli qariyalar tik turib xatm eshitayotgan
paytda 8 rakaatdan keyin chiqib ketayotgan yoshlarni
ko'rib YIG'LADIM...

- Yosh yigitlarni imomlikka o'tib xatm
qilayotganini ko'rib shuncha yil umrim bekor
o'tganiga YIG'LADIM...

- Xar kunduzi o'tganimda shashlik
pishirayotkanlarga bu ishing to'grimas deb
aytolmaganimga YIG'LADIM...

- Yaxudiy non yeb turgan bolasini urib ro'zadorlarni
xurmatlasayu, musulmonman deb turib birday
oshxonalarini ishlatayotgan musulmonlarga
YIG'LADIM...

- Botil uchun talashib tortishib, haq uchun kirib
ayting ramazonda oshxonasini yopsin desang ham
xarakat xam qilmagan oqsoqollarni ko'rib
YIG'LADIM...

- Xuftonga azon aytsaham choyxona kafelar to'layu,
masjmdlar bo'shligini ko'rib YIG'LADIM...

- Takbiriga parvo qilmay, telefon chuqulab
o'tirib, imom rukuga ketayotganda tezda namozga
qo'shilib makr qilayotgan ukalarni ko'rib
YIG'LADIM...

- 8 yoshli nabirasi qiynalib ro'za tutsayu 70 yoshli
bobosi og'zida sigaretu nos, uyatsiz gaplarini
eshitib YIG'LADIM.

- Ishidan kelib men issiqda charchab keldim senlar
tekinxo'rday uyda o'tiribsanlar deb onasiga, ayoliga,
qizlariga aytgan befarosatlarni eshitib
YIG'LADIM...

- Ishlari yurishmay qolsa uyiga qaytgan qizidan
alamini olgan otalarni eshitib YIG'LADIM...

- Ulfatlariga 1000, 2000 pul sarflab o'tirib,
oilasiga 500 tangalik issik yegulik olib kelmagan
birodarlarimni ko'rib YIG'LADIM....

- Shuuuncha pastkashlarni ko'rib qo'limdan duodan
boshqa narsa kelmasligini ko'rib YIG'LADIM...




O'xshash maqolalar