Asosiy/ Sherlar/ Ezgulik

Ezgulik

Quloq soling do'stlar shu safar,
Unutilsin bari dard, azob.
Shukr deylik, turib tong sahar,
Yaxshilikka yozilar savob.

Puli yo'qni nazarga ilmay,
Davramizga qo'shmadikmi yo?
Yana kimni ranjitdik bilmay,
Deydilar-ku bu qaytar Dunyo!

Kimlarnidir g'iybat qilibon,
Gunoh qilib qo'ymadikmikan?
Kechirmasa gar o'sha inson,
Allohim ham kechirmasa ekan?

Ezgulikni barpo etaylik,
Yomonlikni yuqtirmay dilga.
Yaxshi inson bo'lib ketaylik,
Bu dunyodan so'nggi manzilga.




O'xshash maqolalar