Asosiy/ Sherlar/ Ey odamlar

Ey odamlar

Qadamlar qadamlar mayda qadamlar

Xar yo'lga boshlaydi bizni qadamlar

Oqibat yo'qoldi qolmadi sabr

Izlanish kerak endi odamlar.

Kimningdur qalbida qahr va gina

Yaxshilik ortidan minnat bor yana

Ikki jon talashib o'rtanar tana

O'zgarish kerak endi odamlar.

Hayollar hayollar shirin hayollar

Qamrab olgan bizni har hil hayollar

Behuda ketmasin qadrlang vaqtni

Intilish kerak endi odamlar.

Manfatni ko'zlar mansabparaslar

Mengacha bo'lib o'tdi ko'p darslar

His tuyg'u yo'lin bog'laydi xirslar

Tavba qilish kerak endi odamlar.

Abdumalik yozar ming hilda mavzu

Shoir bo'lish unda eng kotta orzu

Iltifot shart emas oddi bir so'zu

Mehringiz yetadi yaxshi odamlar.

ABDUMALIK




O'xshash maqolalar