Asosiy/ Sherlar/ Eslamaydi (Ona haqida sher)

Eslamaydi (Ona haqida sher)

Xech kim eslamaydi Xudo dard bersa.
Qo'shning ham ko'rganda xol so'rab qo'yar.
O'zing boqqan bolang har zamon kelsa.
O'lsang har payshanba qara, qo'y so'yar.
Xech kim eslamaydi qarilik kelsa.
Har zamon kelarkan xoling so'rgani.
Qirq kun yig'laydi ajaling bersa.
To'planar qizlaring moling bo'lgani.
Xech kim eslamaydi yoningda yurgan.
Yo'qchilik kelganda baridan g'olib.
Kecha ostonangda pul so'rab turgan.
Do'stlaring kularkan to'planib olib.
Xech kim eslamaydi puling bo'lsa kam.
Xatto o'z bolang xam kelarkan g'olib.
Eng yaqin insoning, jigarlaring ham.
Ko'rsatar qo'lini bigiz qilvolib.
Xech kim eslamaydi, xolingni bilgan.
Faqat bir insoning kuyib yig'larkan.
Qidirib xar joydan axtarib kelgan.
Bilib qo'y, bir yolg'iz Onang bo'larkan..!



O'xshash maqolalar