//

Asosiy/ Sherlar/ Eslamadim, yo'qlamadim

Eslamadim, yo'qlamadim

Davron surdim shodu xurram
O'tdi qancha to'y-yu bayram
Baxtga to'ldim men hammadan
Meni kutsada volidam
Boshqalarga o'xshab men ham
Yaxshi Kunda yaqinlardan
Duo olmoq xoxlamadim
Onamni bir eslamadim
Otamni bir yo'qlamadim.

Soyamgacha soyabonlar
Tutib turgan akalar
To'y-u bazmi mensiz o'tmay
Kutib turgan akalar
Ishi bitgach bir yo'qlamay
Yolg'iz qo'yib yakkalar
Molu dunyo ilinjida
Yillar bedor uxlamadim
Onamni bir eslamadim
Otamni bir yo'qlamadim.

Mensiz bir kuni o'tmay
Bedor yig'lagan go'zallar
Sal qoqilsam o'zga yorni
Borib yo'qlagan go'zallar
Yuragingmas cho'ntagingni
Narxin ko'zlagan go'zallar
Nechun axir men yaxshilar
Tomon ko'ngil bog'lamadim
Onamni bir eslamadim
Otamni bir yo'qlamadim.....

Bolalikdagi u beg'ubor
Kunlarimni sog'inaman
Xatolarim o'ylayversam
Men oqshomlari og'rinaman
Tilda tavba endi Axad
Pushaymonlar dog'idaman
Butun umr men o'zimni
Bir ohangda saqlolmadim
Onamni bir eslamadim
Otamni bir yo'qlamadim.

Ahad Qayum




O'xshash maqolalar