Asosiy/ Sherlar/ Eng yaxshi va yomoningizman

Eng yaxshi va yomoningizman

Bu olam keng- manzilingiz ko'p,
Lekin bormas tomoningizman.
Ko'nglingizga ozor bergan o'q,
Bir yaxshi va yomoningizman.

Ishonchingiz o'ldirgan qotil,
Dilda qolgan gumoningizman.
Bir paytlar sizga baxt bergan,
O'zi yaxshi yomoningizman.

Yaqin edim, hammadan yaqin,
Endi olis osmoningizman.
Sevishini ayta olmagan,
Asli yaxshi yomoningizman.

Tushlarimdan so'rayman sizni,
Ogoh etsin ahvolingizdan.
Unutasiz bag'ritosh qizni,
O'shal yaxshi, yomoningizman.

Sizdan pinhon alamlar yutgan,
Yuzi kulgan vayroningizman.
Lek kechirib barin unutgan,
Shunday yaxshi, yomoningizman

Istaysizu... endi ilojsiz,
Bir umrlik armoningizman.
Baxtlar tilab ketarman izsiz,
Eng yaxshi va yomoningizman!

Dilnoza Begmatova.




O'xshash maqolalar