Asosiy/ Sherlar/ Daryosan, ayol!

Daryosan, ayol!

Kimki boqsa ko'zlaringga ziyosan, ayol,
Go'yo gulsan, sertabassum ibosan, ayol
Qoshlaringga, ko'zlaringga nur bersa ham tun,
Dili poku mo'jizakor samosan, ayol!

Yetti xil rang kamalakdan, gullardan ifor
Olgansanu musaffosan, safosan, ayol!
Ohu kabi nafissanu, noziksan, hurkak,
Bolariga bol bergan - turfa gulsan ayol!

Bulbul olgan ovozingdan andoza bilsam,
Gullar aro mayin esgan sabosan, ayol!
Sochlaringni havas qildi majnuntol ko'rib,
Uyaldimi, qochdi lola, jafosan, ayol!

Kimdan olding sadoqatni, kim ulashdi ishq,
Ishqingda kim ado bo'lsa, fidosan ayol!
Qachon ko'rsang Rahimiyni, erka qushman deb,
Har sohada javlon urgan daryosan, ayol!

Olimjon RAhIMOV




O'xshash maqolalar