yandex metrika
Sherlar

Bugun men seni kimga berib qo'ydim

Sokinlik ichra giryon, bizgamas endi isyon.
O'sha yulduz o'sha ko'zlar, o'sha shirin shirin so'zlar...
Bugun men seni kimga berib qo'ydim.
O'sha kunduz, o'sha kecha, kimga vaqtni atab necha
Bugun sen meni kimga berib qo'yding...

Alam yo'q, azob yo'q,
G'azab yo'q, unga yo'l yo'q...
Shunchaki afsus so'zlari edi bu..
Araz yo'q, asab yo'q,
Qayg'u yo'q, unga yo'l yo'q!
Shunchaki menga mos bo'lgan edi u...

Sukunat ichra hislar, bizgamas endi ular
O'sha ko'zlar, o'sha qoshlar, o'sha tim qora sochlar
Bugun men seni kimga berib qo'ydim...
O'sha tunlar tong otguncha, kimlar bilan vaqt o'tguncha
Bugun sen meni kimga berib qo'yding...

Armon yo'q, orzu yo'q,
Sog'inch yo'q, unga yo'l yo'q,
Shunchaki yana boshqalardan to'ydim
Yig'lash yo'q, kulish yo'q,
Kutish yo'q, unga yo'l yo'q!
Shunchaki seni yana eslab qo'ydim

Sokinlik ichra giryon...
Bizgamas endi isyon....
O'sha kuyni, o'sha she'rni,
O'sha zir-zir yig'latganni...
Bugun biz uni kimga berib qo'ydik. ...