Asosiy/ Sherlar/ Birovning bolasi uyimda

Birovning bolasi uyimda

- To'y qilib, kelinchak tushurdim,
- O'zimga o'zim ish oshirdim,
- Men endi... men endi tushundim,
- Birovning bolasi uyimda.

- Baqirmang, dadasi, sekin-ey,
- Ovozingiz biram tekin-ey,
- Uyimni qaytiga bekiney,
- Birovning bolasi uyimda.

- Xammaga qilaman iltifot,
- Tilimga bo'laman extiyot,
- Ko'chaga chiqmasin "axborot",
- Birovning bolasi uyimda.

- Kelinlik bir kelar, yayrasin,
- Olloxim iltifot aylasin,
- Qozonim go'sht bilan qaynasin,
- Birovning bolasi uyimda.

- Suporoq kiyingin, voy, qizim,
- Ibrat bo'l kelinga, xoy, qizim,
- Onangni tushungin, oy qizim,
- Birovning bolasi uyimda.

- Yordam qil, siqib ber o'smasin,
- Baxtingni yo'lini tu'smasin,
- Sovchiga yomonlab qo'ymasin,
- Birovning bolasi uyimda.

- Chimirilmasin deb qoshlari,
- Avaylab shu kelin poshshani,
- "Siz-siz" lab xaydayman pashshani,
- Birovning bolasi uyimda.

- Koyishar: "erkalab, kulasan",
- Kelinga "mayli" deb turasan..."
- Boshingga tushganda bilasan,
- Birovning bolasi uyimda.

- Nonini kuydirsa, mayliga,
- Idishni sindirsa, mayliga,
- "Advokat"man o'sha Layliga,
- Birovning bolasi uyimda.

- Bolam der, gapirsam: "uf, bo'pti",
- Bilmadim, balki "kuf-suf" bo'pti,
- O'glim xam qo'shilib, juft bo'pti,
- Birovning bolasi uyimda.

- Mayli, men- qaynona, qaynamay,
- Kelin xam tek yursin, aynimay,
- Bu xam bir ko'rgilik, aylanay,
- Birovning bolasi uyimda.

- Mexr-la ko'ngillar boylanar,
- Qaxr-la ko'ngillar loylanar,
- Bir kun o'z bolamga aylanar,
- Birovning bolasi uyimda.

- MARHABO der: ichim qon, do'stlar,
- Uchrashib turaylik, jon do'stlar,
- Xasratdan yuragim qon, do'stlar,
- Birovning bolasi uyimda.

Marhabo Karimova




O'xshash maqolalar