Asosiy/ Sherlar/ Bilasanmi

BILASANMI?!

Bilasanmi (Sevgi haqida sher).

Senga mehrim ortib bormoqda,
Ortgan sari bo'lyapman sarhush.
Men bu yoqda, sensiz, qiynoqda,
Yuragingga ochaman urush!

Sevishimni bilasan axir,
Beparvodek turmoqlik nega?
Ishq bobida bo'lmasdan faqir,
Muhabbatga chiqqinda ega.

Bilasanmi, yolg'iz seni deb,
Kimlarnidir unutib qo'ydim.
Mag'rur edim... o'zimdan kechib,
Suysam, faqat bir seni suydim.

O, sevgilim, qo'llaringni ber,
Ko'rsataman bari mehrni.
Eh, odamlar nima desa der,
Senga atab yozaman she'rni!

Muhabbatda yashaydi orim,
qolganiga silkitaman qo'l.
To tirikman sevish - qarorim,
Tangrim o'zi ko'rsatadi yo'l!




O'xshash maqolalar