Asosiy/ Sherlar/ Bahtimga bor bo‘lgin jonim sevgilim

Bahtimga bor bo'lgin jonim sevgilim sevgi haqida she'r

Bahtimga bor bo'lgin jonim sevgilim
Bahtimga bor bo'lgin jonim sevgilim


Eshitsam ovozing har dam nar nafas
Sehrli so'zingdan olsaydim doim dars
Sendan o'zga muhabbat kerakmas bas
Bahtimga bor bo'lgin jonim sevgilim

Yor deb atab vaslinga zor qoldim
Bu dunyo ishlaridan endi man toldim
Sensiz bu dunyoda yolg'izlanib qolgum
Bahtimga bor bo'lgin jonim sevgilim


So'zlamaysan so'zlaringa zor man har dam
Seni kutib yo'llaringda bo'ldi ko'zim nam
Qalbingda bo'lmasin hech ham g'am
Bahtimga bor bo'lgin jonim sevgilim

Har bir tongu tunimda bo'ladi g'ashlik
Sevgidan voz kechgan bo'ladi pastlik
Men uchun azobdir oldinda bo'la olmaslik
Bahtimga bor bo'lgin jonim sevgilim

Qanotlarim bo'lsaydi uchardim qanot yozib
Oldingda bo'lardim doim sherlar yozib
Shunda bo'lmasding hayotdan bezib
Bahtimga bor bo'lgin jonim sevgilim

Bir kun keladi yoningda bo'laman
Majnun misol bir oddiy bolaman
Sensiz bu dunyoda juda yonaman
Bahtimga bor bo'lgin jonim sevgilim.

O'xshash maqolalar