Asosiy/ Sherlar/ Ayollar rashki yomon bo'larkan

AYOLLARNING RASHKI YOMON BO'LARKAN.

(Rashk haqida sher).

Uylanishning ko'pdir yaxshi tomoni,
Yarim ko'ngling bag'ir bilan to'larkan.
Ammo aytay sizga bitta yomoni,
Ayollarning rashki yomon bo'larkan.

Qizg'onadi kampirdan ham, qizdan ham,
Qizg'onadi nogoh boqqan ko'zdan ham.
Qutulmaysan oshib ketsang yuzdan ham,
Ayollarning rashki yomon bo'larkan.

Izlab yurar har narsadan sevgini,
Hidlab turar ko'ylak yoqa engini.
O'ylamaydi tengimasu, tengini,
Ayollarning rashki yomon bo'larkan.

Izingizdan ko'p yurgani rashkidan,
Uzoqlashsa chaqirgani rashkidan.
Sochimizni to'kilgani rashkidan,
Ayollarning rashki yomon bo'larkan.

Bo'ydoqlikda rashk qilishsa kulardim,
Rashk qilganda bundan xursand bo'lardim.
Qiz bolaning rashki yomon bilardim,
Ayollarni rashki yomon bo'larkan.

Sevganidan qizg'onadi bilamiz,
Gohi kulib gohi sochni yulamiz.
Peshonada endi nima qilamiz,
Ayollarning rashki yomon bo'larkan.

Unutmasin aslo shuni ayollar,
Uyimizda doim bizni hayollar.
Ex ayollar buni qachon bilarkan,
Ayollarning rashki yomon bo'larkan.




O'xshash maqolalar