Asosiy/ Sherlar/ Arafa va qurbon hayiti tabrik she'r

Arafa va qurbon hayiti uchun tabrik she'r

Arafa va qurbon hayiti uchun tabrik she'r

Assalomu alaykum va raxmatulloxi va barakotux!
Arafa va kelayotgan qurbon xayiti barchamizga muborak bo'lsin!
Bu kunlarga yetib kela olmagan iymon axllarini Robbim o'z raxmatiga olgan bo'lsin.
Duolar ijobat kunlarda Alloxim qalblarimizdagi ezgu niyatlarimizni o'zi ro'yobga chiqarsin
O'ylaganimizdan ko'ra xam afzal maqomlarga erishtirsin
Millatmizga ofiyat va taraqqiyot, halqimizga baht va saodat, peshvolarimizga xaq va adolat, avomga insof va itoat, dinimiz manfaati yo'lida hizmat qilishda barchamizga xikmat va shijoat bersin!

Alloxim ilm talabida yurganlarga foydali ilm
befarzandlarga solix va solixa farzandlar;
- _bemorlarga shifo;
- _qarzdorlarga kushoyish;_
-g'ariblarga nusrat;
- mazlumlarga najot;
- musofirlarga omonlik;
- safardagilarga g'animatlar;
- ummat orasiga ittifoqlik;
- dushman jamoalariga tafriqa, qalblariga ihtilof;
- olimlarimizga xaybat;
- omilarimiz uchun olimlarga itoat;
- farzandlarimizga ilm, odob va ummat hizmati;
- ayollarimizga xayo va iffat;
- ota onalarimizga uzun va saodatli umr;
- vafot etganlariga raxmat va mag'firat ato etsin!
Robbim niyatlarimizga ihlos, duolarimizga ijobat, qalblarimizga samimiyat, aqllarimizga rushd, oqibatimizda hayr nasib etsin!



O'xshash maqolalar