Asosiy/ Sherlar/ 14 fevral sevgi tabriklari

14 fevral sevgi tabriklari

14 fevral sevgi tabriklari

Ko'ngil uyi bog' bo'lsa,
Tan-u jonlar sog' bo'lsa,
Qaddimiz baland bo'lsa,
Shuning o'zi BAXT erur!

Qo'l oyoqning yurgani,
Ko'zning ravshan ko'rgani,
Yuragingiz urgani,
Shuning o'zi BAXT erur!

Ota-ona borligi,
Molu-davlat yorligi,
Sizga kimdir zorligi,
Shuning o'zi BAXT erur!


Bugun dilda bor mehrim bilan,

Men orzuni sochin siladim.

Bu dunyoda qancha baxt bo'lsa,

Hammasini sizga tiladim!


Seni sevaman deb qarmoq tashlaydi,

Gohiga bir o'pib jarga boshlaydi.

Sensiz yasholmayman desa ISHONMA!!!

Sensiz yashab kelgan yana yashaydi!


Seni ko'rsam guldek ochilar ko'nglim
Bir nafas yurakka begonadir g'am
Sen yonimda bo'lsang qalbimda bahor
Sensiz tor ko'rinur bu yorug' olam

Izlaringdan bo'lib yurarman mudom
Qora ko'zlar ichra ko'zing topmadim
Shirin so'zlar ichra eshitmay kalom
Yana bir shirin so'z topmadim

Ayt seni qalbimdan qanday sovutay
Boshimni qay tog'u toshlarga uray
Kuygan bu yurakni ne deb ovutay
Sen meni jonimsan, ayt kimga aytay?



O'xshash maqolalar