Asosiy/ Salatlar/ Tovuq va qovoqchadan salat

Tovuq va qovoqchadan salat

Tovuq va qovoqchadan salat

Yengilgina, kechki ovqatni o'rnini bosuvchi, vitaminlar manbai sanaladigan bugungi salatimiz aynan sizlar uchun!
Bu salat bizdan uncha ko'p bo'lmagan masalliqlarni talab qilib, tayyorlanishi ham juda osondir. Sabzavotlar chiqqan mavsumda ulardan to'yib iste'mol qilishga shoshiling.
Masalliqlar:
300 gramm tovuq go'shti (lahm)
2 ta qovoqcha
2 ta bodring
2 ta bulg'or qalampiri
4-5 ta pomidor cherry
0,5 ta qizil piyoz
3 osh qoshiq limon sharbati
2 osh qoshiq zaytun moyi
ta'bga ko'ra tuz va murch
Qadam 1
Kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz.
Qadam 2
Tovuq go'shtini avval qaynatib, so'ng esa biroz qovurib olamiz. Qovurish jarayonida tuz va murch sepamiz.
Qadam 3
Qovoqchani ham to'rtga yoki ikkiga bo'lib to'g'raymiz va o'simlik yog'i solingan tovada qovurib olamiz.
Qadam 4
Bodringni yarim oy shaklida, bulg'or qalampirini to'rtburchak, pomidorlarni ikkiga bo'lib olamiz.
Qadam 5
Limon sharbati va zaytun yog'ini aralashtirib olamiz.
Qadam 6
Barcha to'g'ralgan masalliqlarni tog'orachaga solamiz, ustidan yog'li aralashma solib, tuz va murch sepamiz.
Qadam 7
Yaxshilab aralashtiramiz va likopchaga tortib iste'mol qilamiz. Yoqimli ishtaha!

O'xshash maqolalar