Asosiy/ Salatlar/ Tovuq go'shtli salat

Tovuq go'shti va ko'k pishloqdan tayyorlanadigan salat

Tovuq go'shti va ko'k pishloqdan tayyorlanilgan salat

Yengil, ishtahaochar va juda mazali taomlar shinavandalariga bu salat repsertini taqdim etamiz.$cut$ Bu salat o'z qomatiga e'tibor beruvchlar va nafaqat mazali, balki foydali taom tarafdorlari uchun ayni muddao.
Yangi uzilgan sabzavotlar bilan tovuq go'shti, ko'k pishloq birlashmasidan hosil bo'lgan ta'm hech kimni befarq qoldirmasligi aniq.
Tayyorlanadigan yegulikka taxminan 33 000 so'm sarflanadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
300 gram tovuq go'shti (lahm)
tabga ko'ra tuz va murch
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
2 osh qoshiq zaytun moyi
150 gram pomidor
150 gram bodring
yarimta petrushka yoki kashnich
150 gram shakarsiz yogurt
100 gram ko'k pishloq
yarimta limon
4-5 ta Aysberg salat bargi
Qadam 1
Kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz.
Qadam 2
Tovuq go'shtini yuvib quritamiz. Zaytun moyi, tuz, murch va paprikani bitta idishga solib aralashtiramiz va shu aralashmani tovuqqa surtib chiqamiz. Shu marinadda tovuqni 15 daqiqa qoldiramiz.
Qadam 3
So'ng tovuq go'shtini oddiy yoki grill tovada qovurib olamiz.
Biroz sovutib, keyin o'rtacha kattalikda to'g'raymiz.
Qadam 4
Likopchaga qo'lda maydalangan karam barglari va to'g'ralgan tovuq bo'lakchalarini qo'yib chiqamiz.
Qadam 5
Ustidan to'g'ralgan pomidor va bodring, maydalangan pishloqning yarmidan sal kamrog'ini solamiz.
Qadam 6
Alohida idishga yogurt, to'g'ralgan ko'katlar va qolgan pishloqni solib, aralashtirib olamiz.
Limon sharbatini solib, yaxshilab aralashtirib olamiz. Ta'bga qarab tuz va murch sepamiz.
Qadam 7
Salat ustidan aralashmani yarmini solamiz, yarmini o'zini alohida idishga olamiz. Yoqimli ishtaha!


O'xshash maqolalar