Asosiy/ Salatlar/ Tovuq go‘shtidan mazali salat tayyorlash

Tovuq go'shtidan mazali salat

Zarur masalliqlar: 400 gr dudlangan tovuq go'shti, 300 gr qattiq pishloq, 300 gr danaksiz qora uzum, 3 dona qaynatilgan tuxum, mayonez va petrushka.
Tovuq go'shtidan mazali salat
Tayyorlanishi: qaynatilgan tuxumning oq va sariq qismi alohida qilib qirg'ichdan chiqarib olinadi. Qattiq pishloq ham xuddi shunday, mayda qirg'idan o'tkaziladi. Tovuq go'shti kichik to'rtburchak shaklida to'g'raladi hamda salat quyidagi tartibda terib chiqiladi:
Tuxum oqi, tovuq go'shti, tovuq sarig'i, pishloq. Ularning har bir qavatiga mayonez surib chiqiladi. Tayyor bo'lgan salat usti uzum hamda petrushka bilan bezatiladi.
XurshidaBONU
soglom.uz


O'xshash maqolalar