Asosiy/ Salatlar/ Soya sousi ostidagi bodring retsepti

Soya sousi ostidagi bodring

Soya sousi ostidagi bodring
Soya sousi ostidagi bodring


Bu juda ham mazali va hushbo'y! Juda ham tez tayyorlanaigan, oddiy salat. Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

500 gramm mol go'shti (qaynatilgan)

400 gramm bodring

1 dona piyoz

30 ml soya sousi

25 gramm ko'k piyoz

2.5 osh qoshiq o'simlik yog'i

1 osh qoshiq limon sharbati

1 choy qoshiq qizil qalampir kukuni

1 choy qoshiq zanjabil

1 osh qoshiq kunjut

Ta'bga ko'ra tuz

Soya sousi ostidagi bodringTayyorlash usuli:
1. Bodringni uzun somoncha shaklda, o'rta qalinlikda to'rg'ang.
Soya sousi ostidagi bodring2. Piyozni halqa shaklida kesing. Tovada qizdirilgan yog'da quvuring. Piyoz tilla tusga kirishi bilan piyozni yog'dan suzib oling.
Soya sousi ostidagi bodring3. Qaynatib, sovutilgan mol go'shtini somoncha shaklda to'rg'ang.
Soya sousi ostidagi bodring4. Oshxona tog'orachasiga go'sht, bodring, mayda to'rg'algan ko'k piyozni birlashtiring va piyoz qovurilgan issiq yog'ni masalliqlar ustidan quying.
Soya sousi ostidagi bodring5. Aloxida idishda soya sousi, limon sharbati, zanjabil, qizil qalampir va tuzni birlashtiring.
Soya sousi ostidagi bodring6. Tayyor aralashmani bir necha daqiqaga qoldiring.
Soya sousi ostidagi bodring7. Salatni bezash uchun 1 dona bodringni koreyscha sabzi tayyorlanadigan qirg'ichdan chiqaring.
Soya sousi ostidagi bodring8. Tayyor sousni tayyorlangan masalliqlar bilan birlashtiring, aralashtiring. 10-15 daqiqaga qoldiring.
Soya sousi ostidagi bodring9. Tayyorlangan salatni salat idishi o'rtasiga soling. Kunjut seping. Salat idishi chetlarini qirg'ichdan chiqarilgan bodring va yorqin rangdagi meva bilan bezating. Masalan ushbu retseptda qizil smorodinadan foydalanilgan. Tayyor salatni dasturxonga torting.
Soya sousi ostidagi bodring
Yoqimli ishtaxa!

O'xshash maqolalar