Asosiy/ Salatlar/ Salatlarni bezash sirlari

SALATLARNI BEZATISh

Salatlar uning tarkibiy qismiga kiruvchi mahsulotlar bilan bezatiladi. Agar mazasi to'g'ri kelsa, salatlarda yo'q mahsulotlardan ham foydalansa bo'ladi.

Misol uchun olmali va selderli salatlarni pomidor bilan bezatish mumkin. Olma va selder bilan bezatib bo'lmaydi. Salatlarni bezashga masalliqlarning asosan chiroyli va mazalilari qoldiriladi.

Uni bus- butun sabzavotlar bilan (masalan, sabzi, rediska, bodring, pomidor) hamda qirg'ichdan o'tkazilgan holda bezash mumkin.

Ba'zi sabzavotli salatlarni rangiga qarab salat idishlarida guruhlarga ajratish mumkin, masalan, oq va qizil karam, shirin qalampirning qizil ranglari yashil ranglari bilan bezatiladi.

Qishda vitaminlarga boy bo'lgan konservalangan sabzavotlar bezatish uchun yaroqlidir. Salatlarni igunday bezatish kerakki, ularning asosiy tarkibi ko'rinib turishi kerak.

Bezak oddiy bo'lishi lozim, lekin did bilan bezatilgan va xilma-xil tarkibli bo'lishi zarur. Deyarli barcha salatlarni ukrop, yashil piyoz, petrushka, selder, ko'k piyoz bilan bezatish mumkin.

Ko'katlarning mayda barglari ko'pincha butunligicha qo'yiladi. Ular salatda to'g'ralganidan ko'ra juda o'zgacha ko'rinadi.

Ko'k piyozdan salatning tarkibiy qismi va bezak sifatida foydalaniladi. Bezatish uchun mo'ljallangan yashil piyozni yaxshilab yuvish kerak, quritib, chiroyli kesib chiqish lozim.

Biroq salat idishni ko'katlarga to'ldirib yubormaslik kerak.
Sabzidan lola qilib, selder bargiga qo'yilsa, salat idishda chiroyli bezak bo'lib, shuning o'zi kifoya qiladi.

Turpga o'ralgan yashil piyoz tuxumdan qilingan moychechak guli bilan yaxshi uyg'unlashadi.
Yuvilgan va quritilgan petrushka barglari 1-2 daqiqaga issiq yoqqa bo'ktirilgan go'shtni bezash uchun juda yaxshi qo'l keladi.

Kress-salatning mayda kurtaklaridan ham foydalanish mumkin (uzunligi 2-4 sm).
Bodring bezatish uchun juda qulay sabzavotdir. Marinadlangan, tuzlangan va yangi bodringlarni ishlatish mumkin.

Ularni kichkina bo'lakcha qilib, parrak, kub shaklida to'g'raladi, ulardan xalqachalar yasaladi. Katta, tuzlangan va marinadlangan bodringlardan bo'ylamasiga kesib, o'rtasini teshib, qayiq shaklini qilish mumkin.

Qayiqcha go'shtli, baliqli va sabzavotli salatlar bilan to'ldiriladi. Bodring o'rtasiga elkan shaklida pishloq qo'yiladi. Yangi uzun bodringlarni ko'ndalang bo'ylab 2-3 qismga kesiladi, choyqoshiq bilan o'rtasi chiqarilib olinadi va rang-barang salatlaru ko'katlar bilan to'ldiriladi.

Archilmagan bodringlar yo'l-yo'l shakl bo'ylab to'g'raladi, so'ngra ular yarim xalqasimon yoki aylana qilib buklanadi. To'g'ralgan bo'laklar likobchaga aylana bo'ylab qo'yib chiqiladi, o'rtaga esa bir bog'lam yashil piyoz joylashtiriladi, shunda salat juda o'zgacha ko'rinadi.




O'xshash maqolalar