Asosiy/ Salatlar/ Sabzi salat tayyorlash

Sabzi salat

Kerakli masalliqlar:

      • 1 kg sabzi
      • 2 dona baqlajon
      • 1 dona qizil bulg'or qalampir
      • kashnich
      • ukrop
      • 3-4 dona sarimsoq piyoz
      • tuz
      • 4-5 osh qoshiq salat yog'i
      • 1 osh qoshiq uzum sirkasi yoki hohlagan sirka ishlatsangiz bo'ladi.

Eng avval baqlajonlarni suvga solib 20 daqiqa o´rta olovda pishirib olamiz. Baqlajonlarni katta yoki kichikligiga qarab ozroq yoki kamroq qaynatiladi. Sabzini qirg´ichdan o´tkazib olamiz. Bulg´or qalampirini ingichka somoncha qilib to´g´raymiz. Sarimsoq va ko´katlarni maydalab olamiz.

Sabziga tuz va uzum sirkasini solib aralashtirami. O'yog'ini gazda qizdirib olamiz . Sabziga sarimsoq va ko'katlarni solamiz . Ustidan qizigan yog'ni quyamiz va yahshilab aralashtiramiz. Pishgan baqlajonlarni kattaroq kubik shaklida maydalaymiz.

Barcha mahsulotlarni yahshilab aralashtiramiz. Salatimiz tayyor! Judaham chiroyli va mazali salatlardan biri bo´ladi.

Yoqimli ishtaha!!!

O'xshash maqolalar