Asosiy/ Salatlar/ Qo’ziqorin va sabzavotli salat

Qo'ziqorin va sabzavotli salat

Qo'ziqorin va sabzavotli salat

Ham salat ham gazak sifatida tayyorlasa bo'ladigan mazali yegulik retsepti.
Bu salatga solingan marinadlangan qo'ziqorinlar unga o'zgacha ta'm bag'ishlaydi, qolgan masalliqlar esa har kimning ro'zg'oridan topilishi shubhasizdir.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 19 000 soʻm sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
300 gramm kartoshka
50 gramm qizil piyoz
180 gramm marinadlangan shampinyon
150 gramm bodring
30 gramm zaytun yoki o'simlik yog'i
Qadam 1
Kartoshkani qaynatib pishiramiz. 1.5x1.5 sm kattalikda to'g'rab olamiz.
Qadam 2
Piyozni mayda to'g'rab, 2 daqiqaga qaynoq suvga ivitib qo'yamiz.
Qadam 3
Qo'ziqorinlarni o'rtasidan kesib chiqamiz.
Qadam 4
Bodringni esa uzunasiga to'rtga bo'lib, so'ng to'g'rab chiqamiz.
Qadam 5
Hammasini tog'orachaga solamiz. ustidan zaytun yog'ini quyib, aralashtirib olamiz.
Qadam 6
Salatni idishlarga olamiz, ustidan murch sepamiz. Ta'bga qarab, tuz ham sepamiz. Yoqimli ishtaha!


O'xshash maqolalar