Asosiy/ Salatlar/ Pomidor va yalpizli salat tayyorlash

Pomidor va yalpizli salat

Pomidor va yalpizli salat

Pomidor va yalpiz solib tayyorlaniladigan salat, umuman o'zgacha ta'mda bo'lib, hech kimni befarq qoldirmaydi.
Bundan tashqari sabzavotlarni qayta ishlanmasdan solinishi esa, uning juda foydaliligidan dalolat beradi.
Tayyorlaniladigan salatga taxminan 6 000 so'm pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina mal qiladi.
Masalliqlar:
500 gramm pomidor
1 bosh qizil piyoz
1 dona qizil bulg'or qalampiri
yarim bog' yalpiz
yarimta limon sharbati
3-4 osh qoshiq zaytun moyi
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Pomidorlarni yuvib, o'rtacha kattalikda to'g'rab olamiz.
Qadam 2
Piyozni halqalarga kesib olmiz va tuz sepib, 5 daqiqaga qoldiramiz. So'ng esa piyozlarni siqib, pomidor ustidan solamiz.
Qadam 3
Bulg'or qalampirini parrak yoki yarim halqa qilib to'g'raymiz va pomidorlarning ustidan solamiz.
Yalpizni ham to'g'rab solamiz.
Qadam 4
Limon sharbati, zaytun yog'i, tuz va muurchni aralashtirib olamiz va pomidorlarning ustidan solib, aralashtiramiz va likopchaga solamiz. Yoqimli ishtaha!

O'xshash maqolalar