Asosiy/ Salatlar/ Pomidor tuzlama tayyorlash

Pomidor tuzlama

Kerakli masalliqlar:

      • 2 kg ko'k pomidor(pishib ulgurmagan pomidorlar)
      • 5-6 dona sarimsoq bo'lagi
      • ukrop
      • 2,5 - 3 osh qoshiq tuz
      • 2 dona lavr bargi
      • 1 choy qoshiq murch
      • 1 osh qoshiq uzum sirkasi

Pomidorlarni har birini katta kichikligiga qarab 6 yoki 8 qismga bo'lib olamiz.

Ukrop va sarimsoqni maydalaymiz.

Barcha tayyorlab olgan mahsulotlarimizni katta idishga solib yahshilab aralashtriamiz. Uzum sirkasini ham solib engil aralashtiriladi.

Aralashtirib olgan pomidorimizni tog´orachaga solib usita og´irroq narsa bostirib qo´yamiz. Pomidorni suvi 2-3 soatlarda chiqib pomidorlarni ko´mishni boshlaydi.

Ushbu tuzlamamiz muzlatgichda bemalol 1 oy davomida saqlash mumkin. Turgan sari mazali bo´lib boraveradi.

Yoqimli ishtaha!!!

O'xshash maqolalar