Asosiy/ Salatlar/ Pentuziya salat tayyorlash

Pentuziya salat

Kerakli masalliqlar:

      • 1 dona tovuq filesi
      • 2 dona sabzi
      • 2 dona pomidor
      • 2 dona piyoz
      • 2 dona bulg´or qalampiri
      • 2 dona bodring
      • 250 gram pentuziya(ris nudlar)
      • 30 ml o´simlik yog´i, tuz va murch

Barcha masalliqlarni somoncha qilib to´g´rab olamiz.

Tovuq fileni skavarodkada yahshilab qovurib pishirib olamiz.

Undan so´ng piyozni solamiz va tillarang bo´lguncha qovuramiz.

Bulg´or qalampirlarini ham solamiz .Orqasidan sabzini solib tuz sepamiz. Sabzini juda ko´p qovurmaslik kerak 1-2 daqiqa etarli.

Eng ohirida ukrop solamiz. Alohida idishga pomidor va bodringni solib olamiz.

Lapshani issiq qaynagan suvga ivitib qo´yamiz va pishgandan so´ng suvini to´kib tashlaymiz. Osonroq eyishga qulay bo´lishi uchun maydaroq qilib bo´lib olamiz.

Endi hamma tayyorlab olingan masalliqlarni idishga solib yahshilab aralashtiramiz.

Salatimiz tayyor! Endi dasturxonga tortishimiz mumkin!

Yoqimli ishtaha!!!

O'xshash maqolalar