Asosiy/ Salatlar/ Mayonezli salat tayyorlash

Mayonezli salat

Kerakli masalliqlar:

      • 5 dona kartoshka
      • 5 dona sabzi
      • 5 dona tuhum
      • 1 piyola makkajuhori
      • 2 dona tuzlangan bodring
      • ukrop
      • 3 osh qoshiq to´la mayonez
      • 100 gram atrofida kalbasa
      • tuz

Kartoshka, sabzi va tuhumni qaynatib pishirib olamiz.

Bodringni mayda to´rtburchak qilib to´g´raymiz. Ukropni maydalab olamiz. Kartoshka va sabzini qirg´ichdan o´tkazib olamiz. Tuhumni oq va sarig´ini ajratib har birini alohidadan qirg´ichdan o´tkazamiz. Katta tarelkaga ozroq mayonez surkab olamiz.

Kartoshkani tekislab yoyib olamiz va ozroq tuz bilan mayonez surkaymiz.

Sabzini kartoshka ustiga yoyib yana ozroq mayonez surkab olamiz.Ustidan tuzlangan bodringni solib chiqamiz.

Makkajuxori va kalbasani solib olamiz.

Ustidan mayonez surkab chiqamiz. Chetlariga to´g´ralgan ukrop bilan bezak beramiz.

Eng tepa qismiga tuhumlarni bezatib chiqamiz. Salatimiz tayyor tayyor! Hohishga ko´ra bezatilgan holida yoki aralashtirib dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!!!

O'xshash maqolalar